Hozirgi vaqtda bankning joylashtirilgan aksiyalari - nominal qiymati 1 000 so‘m bo‘lgan 15 601 573 215 dona oddiy aksiyalardan iborat. Joylashtirilgan aksiyalarning umumiy qiymati 15 601 573 215 000 so‘mni tashkil etadi. Bank aksiyadorlarining tarkibi quyidagicha - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi – 6 353 471 073 dona nominal qiymati 1 000 so‘m bo‘lgan, egasining nomi yozilgan 6 353 471 073 000 so‘mlik oddiy aksiyalar (ulushi 40,7%);
- O‘zbеkiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi – 9 248 102 142 dona nominal qiymati 1 000 so‘m bo‘lgan, egasining nomi yozilgan 9 248 102 142 000 so‘mlik oddiy aksiyalar (ulushi 59,3%).
| Tashqi savdo faoliyati Bank Oʻzbekistonning 70%dan ziyod butun tashqi savdo aylanmasiga xizmat koʻrsatadi. - Eksport-import kreditlashning quyidagi mexanizmlari qoʻllaniladi:
- avans toʻlovlari qaytarilishiga, shartnomalar bajarilishiga kafolatlar berish;
- veksellarni diskontlash;
- faktoring;
- bank tomonidan oʻzbek eksportchilarini toʻgʻridan-toʻgʻri kreditlash;
- loyihaviy moliyalashtirish;
- eksport-kredit agentliklari ishtirokida eksport-importni moliyalashtirish;
- muddatli toʻlov bilan akkreditivlar qoʻllaniladi, mijoz tomonidan tovar konsignatsiya shartlarida yetkazib berilishida va realizatsiya qilinishida konvertatsiya amalga oshirilad
Investitsion faoliyati - OʻMB mamlakatdagi eng yirik investitsion bank hisoblanadi. Bankning keng koʻlamli infratuzilmasi Oʻzbekistonda iqtisodiy islohotlarni faol qoʻllab-quvvatlovchi moliyaviy va sanoat sektorining rivojlanishiga yordam beradi.
- Bank respublikaning strategik muhim boʻlgan korxonalarining aksiyadorlari tarkibiga oʻz kapitali bilan kirishi orqali iqtisodiyotning turli sektorlaridagi korxonalarga investitsiya kiritish, ularni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik jihatdan qayta qurollash jarayonlarida ishtirok etadi.
- 2023 yil 27-may kuni Sian shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi arafasida O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Biznes-forum doirasida “O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (“O‘zmilliybank”) va Xitoy davlat taraqqiyot banki (XDTB) o‘rtasida 1,18 mlrd yuan miqdorida kredit liniyasini jalb qilish to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi. Kredit liniyasi transport sohasidagi yo‘lovchi avtobuslar va elektr avtobuslarni sotib olish bo‘yicha infratuzilmaviy loyihasini moliyalashtirish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |