3-Bob. O’zbekistonda eksportni diversifikatsiya qilish va eksport geografiyasini kengaytirish istiqbollari. 3.1. Kichik biznes va va xususiy tadbirkorlik - eksportni diversifikatsiya qilish va eksport geografiyasini kengaytirish omili
Mamlakatimizda mulkdorlarning o‘rta sinfini shakllantirish, ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va shu asosda aholi daromadlarini ko‘paytirish va farovonligini oshirishning muhim omili, mamlakat taraqqiyoti yo‘lidagi faol harakatlantiruvchi kuch sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan keng chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadida, Prezidentimiz I.A.Karimiv tomonidan 2011-yil O‘zbekiston Respublikasida “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb e’lon qilindi.
Albatta bu bejis emas. Chunki jahonning rivojlangan ko’plap davlatlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakat taraqiyotining asosiy omili sifatida etirof etilmoqda. Fikrimiz tasdigi sifatida bir qator rivojlangan davlatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki maxsulotdagi va mamlakat eksportidagi ulushlarini keltirishimiz mumkin. AQSHda yalpi ichki maxsulotning 52% ni, Yevropa ittifoqi davlatlarida 67% ni, Yaponiyada esa 55% ni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan maxsulotlar tashkil etadi. Shuningdek umumiy eksportdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi Yevropa ittifoqi davlatlarida qariyb 40-50% ni, AQSHda 30% ni, Yaponiyada esa 40% ni tashkil etadi.
Bizning bu boradagi eng katta yutug‘imiz yalpi ichki mahsulot tarkibida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi ko‘paygani hamda mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda uning roli sezilarli darajada oshganida namoyon bo‘lmoqda.
2010-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 2009-yilga nisbatan 3,34% ga ko‘paydi va 231717 tani tashkil etdi. 2009-yilda bu ko‘rsatkich 224232 taga teng edi21.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2010-yilda mamlakatimizda 35050 ta kichik korxona va mikrofirma tashkil etilgan bo‘lib, 23187 tasining faoliyati tugatilgan.
Bugungi kunda eng ko‘p kichik korxona va mikrofirmalar Qashqadaryo viloyatida (44439 ta), Toshkent shahrida (36136 ta) va Andijon viloyatida (19281 ta) faoliyat ko‘rsatmoqda.
Kichik korxona va mikrofirmalar eng kam ro‘yxatga olingan viloyatlarga Sirdaryo (6 047), Navoiy (6 179) va Jizzaxni (6 728) misol keltirish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2010-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 52,5% qismi kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarildi. Xususan, o‘tgan yilda kichik biznesning sanoatdagi ulushi – 19,6%, qurilishda – 52,3%, chakana savdo aylanmasida – 50,5% va pullik xizmatlarda – 47,7% ga teng bo‘ldi. O’zbekiston eksportida ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi yildan yilga oshib bormoqda. 2010-yilda bu korsatkich 13,6% ni tashkil etdi va 1774,3 mln AQSh dollari miqdorida maxsulotlar eksport qilindi.22
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan maxsulotlarning umumiy eksportdagi ulushida 2010- yilda biroz pasayish kuzatildi. Buning asosiy sababi sifatida shuni aytish mumkinki, 2010-yilda umumiy eksport tarkibida sanoat maxsulotlarining ya’ni energiya manbalari va neft maxsulotlari hamda qora va rangli metallurgiya maxsulotlarining ulushi ko’payganligidir. Yuqorida takidlab o’tilganidek kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi 19,6% ni tashkil etadi va uning asosiy qismini sanoatning yengil sanoat tarmogida faoliyat yurituvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tashkil etadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan iqtisodiyotning har xil tarmoqlarida yangi-yangi maxsulot turlarini ishlab chiqarish yolga qo’yilayotganligi, ichki raqobatning shakillanishi natijasida milliy maxsulotlarimizning jahon bazorida o’z haridoriga ega bolayotganligi, ushbu sektorning eksport miqdorini yildan-yilga ortishiga sabab bo’lmoqda.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni diversifikatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratish lozim. 2010-yilda sanoat ishlab chiqarish tarkibida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan tayyor mahsulotning ulushi 50 foizdan ziyodni tashkil etdi. Mamlakatimiz sanoat korxonalari tomonidan o‘tgan yili 160 dan ortiq turdagi yangi tovar va mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga, energiya tejaydigan lampalar, LG rusumidagi jahonga mashhur xolodilniklarni yig‘ish, kaliy o‘g‘itlari, va boshqa muhim mahsulotlarni ishlab chiqarish boshlab yuborildi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida 2010-yilda 1 ming 76 ta loyiha amalga oshirildi. Mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 1,4 barobar oshdi, import o‘rnini bosish bo‘yicha yakuniy samaradorlik 3 milliard 400 million dollarni tashkil qildi va bu 2009-yilga nisbatan 1,2 barobar ko‘p demakdir. Ushbu ishlarning samarasi olaroq ijobiy tashqi savdo saldosi 4244,8mln AQSh dollarini tashkil qildi va 13044,5 mln AQSh dollari miqdorida eksport operatsiyalari amalga oshirildi.
Aynan 2011-yil uchun ham ustuvor vazifa sifatida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va mamlakatimizdagi xomashyo va resurslarga boy mavjud manbalardan oqilona foydalanish asosida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan yuksak texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta’minlaydigan istiqbolli iqtisodiyot tarmoqlari rivojlantirish, O‘zbekiston maxsulotlarini jahon bozoridagi raqobatdoshligini oshirish va O’zbekiston eksport geografiyasini yangi-yangi hududlar bilan kengaytirish qo’yildi. 2011-yilni “kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb e’lon qilinishi ushbu vazifalarni bajarishga qo’yilgan ilk qadam ham deyish mumkin.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik zamonaviy iqtisodiyotning lokomotivlaridan biri hisoblanadi. Ushbu sektor kerakli raqobat muhitini yaratadi, bozor konyunkturasidagi o‘zgarishlarga tezda moslasha oladi, iste’mol muhitida paydo bo‘layotgan yangi bo‘shliqlarni to‘ldiradi, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |