Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan sotib olingan xorijiy veksel/tratta(o‘tkazma
veksel)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan veksellarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisob-kitob qilish maqsadida jo‘natilgan eksport bilan bog‘liq
veksellar uchun to‘lov amalga oshirilganligi to‘g‘risida vakil-bankdan olingan tasdiqqa muvofiq,
qoplangan veksellarning nominal qiymati, shuningdek qayta tasniflangan va 11315 — “Muddati
o‘tgan sotib olingan veksellar” va 11319 — “Sud jarayonidagi sotib olingan veksellar”
hisobvaraqlariga o‘tkazilgan veksellarning summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksellarning turi va muddati hamda to‘lovchilar bo‘yicha alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: