11515 Muddati o‘tgan mahalliy veksellar va akseptlar
Hisobvaraqning ta’rifi: amaldagi qoidalarga muvofiq muddati o‘tgan deb
hisoblanadigan, akkreditiv va/yoki trast hujjati kafolati asosida berilgan muddatida
to‘lanmagan mahalliy veksel/trattalar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 11509 — “Mijozlarning majburiyatlari —
Trast hujjatlari asosidagi mahalliy veksellar” hisobvarag‘idan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan,
akkreditiv va/yoki trast kelishuvi asosida qo‘yilgan, muddatida to‘lanmagan mahalliy
veksel/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida akkreditiv va/yoki trast kafolati asosida qo‘yilgan va/yoki
qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zararlarni qoplash 11599 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan
zararlarni qoplash zaxirasi — Import bilan bog‘liq va mahalliy veksellar” hisobvarag‘idan
hisobdan chiqarilgan, shuningdek qayta tasniflangan va 11521 — “Sud jarayonidagi mahalliy
veksellar” hisobvarag‘idan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan to‘langan veksel/trattalarning
qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |