11521 Sud jarayonidagi mahalliy veksellar
Hisobvaraqning ta’rifi: akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolati asosida qo‘yilgan va
ushbu yuzasidan sud ishi qo‘zg‘atilgan mahalliy veksel/trattalarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 11509 — “Mijozlarning majburiyatlari —
Trast hujjatlari asosidagi mahalliy veksellar”, 11515 — “Muddati o‘tgan mahalliy veksellar va
akseptlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan akkreditiv va/yoki trast hujjatlari
kafolatlari asosida qo‘yilgan mahalliy veksellarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolati asosida qo‘yilgan,
to‘lab berilgan mahalliy veksel/trattalarning va/yoki qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan
zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan zaxira 11599 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni
qoplash zaxirasi — Import bilan bog‘liq va mahalliy veksellar” hisobvarag‘idan hisobdan
chiqarilgan summalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11599 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Import bilan bog‘liq
Do'stlaringiz bilan baham: |