12309 Hukumatga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli
kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq
asosiy shartlari o‘zgartirilgan O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, uning vakolatli yoki ijroiya
organlariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan
boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12301 — “Hukumatga berilgan qisqa
muddatli kreditlar” va 12305 — “Hukumatga berilgan muddati o‘tgan kreditlar”
hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga,
uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar
summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin
bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12399 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash
zaxirasi — Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan hisobdan
chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |