12399 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Hukumatga
berilgan qisqa muddatli kreditlar” (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan,
O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan qisqa
muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar deb ataladigan boshqa
operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib
boriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan
summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish
summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |