muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: qayta ko‘rib chiqilgan shartnoma hamda unga qo‘shimcha
kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan budjet tashkilotlariga berilgan qisqa
muddatli kredit (shu jumladan overdraft va mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa
operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12401 — “Budjet tashkilotlariga berilgan
qisqa muddatli kreditlar”, 12405 — “Budjet tashkilotlariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar”
hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan budjet tashkilotlariga berilgan, shartlari
qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin
bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12499 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash
zaxirasi — Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan hisobdan
chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |