O‘zbekiston respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘G‘risida


Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/766
Sana09.01.2022
Hajmi0.87 Mb.
#256970
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   766
Bog'liq
2 5244566380254071388 (1)

12605 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yakka tartibdagi tadbirkorlarga va yuridik shaxs maqomiga ega
bo‘lmagan  dehqon  xo‘jaliklariga  berilgan  muddatida  to‘lanmagan  qisqa  muddatli  va  uzoq
muddatli  kredit  (shu  jumladan  mohiyati  bo‘yicha  kreditlar  bo‘lgan  overdraft  va  boshqa
operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning  debetida  yuridik  shaxs  maqomiga  ega  bo‘lmagan  yakka  tartibdagi
tadbirkorlar  va  dehqon  xo‘jaliklariga  berilgan  muddatida  to‘lanmagan,  qayta  tasniflangan  va
12601 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12609 — “Yakka
tartibdagi  tadbirkorlarga  berilgan  shartlari  qayta  ko‘rib  chiqilgan  qisqa  muddatli  kreditlar”,
15001  —  “Yakka  tartibdagi  tadbirkorlarga  berilgan  uzoq  muddatli  kreditlar”,  15005  —  “Yakka
tartibdagi  tadbirkorlarga  berilgan  shartlari  qayta  ko‘rib  chiqilgan  uzoq  muddatli  kreditlar”
hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning  kreditida  qarzdorlar  tomonidan  to‘langan,  boshqa  maqomi  bo‘yicha
qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12699 —
“Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha zararlarni qoplash
zaxirasi” hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy  hisob  har  bir  qarzdor  bo‘yicha  kredit  shartnomalariga  qarab  alohida  shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
12609  Yakka  tartibdagi  tadbirkorlarga  berilgan  shartlari  qayta  ko‘rib  chiqilgan

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   766




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling