12709 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan shartlari qayta
ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq
asosiy shartlari o‘zgartirilgan davlat korxona, aksiyadorlik jamiyatlari, tashkilot va
muassasalariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, maqomi bo‘yicha kreditlar deb
ataladigan overdraft va boshqa operatsiyalar)ning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12701 — “Davlat korxonalari,
tashkilotlari va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12704 — “Davlat
korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga yoqilg‘i xomashyosini import qilish uchun berilgan
qisqa muddatli kreditlar” va 12705 — “Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga
berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va davlat
korxona, tashkilot, muassasalariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi
aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan
zararlarni qoplash uchun zaxira 12799 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash
zaxirasi — Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan qisqa muddatli
kreditlar” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan qoplangan kreditlarning summasi aks
ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
12799 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Davlat korxonalari,
Do'stlaringiz bilan baham: |