O‘zbekiston respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘G‘risida


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/766
Sana09.01.2022
Hajmi0.87 Mb.
#256970
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   766
Bog'liq
2 5244566380254071388 (1)

12805 
Tadbirkorlik 
faoliyatini 
rivojlantirishni 
qo‘llab-quvvatlash 
davlat
jamg‘armasi ko‘magida berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat
jamg‘armasi  ko‘magida  taqdim  etilgan,  muddatida  so‘ndirilmagan  qisqa  va  uzoq  muddatli
kreditlarning hisobi.
Hisobvaraqning  debetida  Tadbirkorlik  faoliyatini  rivojlantirishni  qo‘llab-quvvatlash
davlat  jamg‘armasi  ko‘magida  taqdim  etilgan,  qayta  tasniflangan  va  mazkur  hisobvaraqqa
12801 — “Jismoniy shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat
jamg‘armasi  ko‘magida  berilgan  qisqa  muddatli  kreditlar”,  12802  —  “Tadbirkorlik  subyektlari
—  yuridik  shaxs  tashkil  etmagan  yakka  tartibdagi  tadbirkorlarga  Tadbirkorlik  faoliyatini
rivojlantirishni  qo‘llab-quvvatlash  davlat  jamg‘armasi  ko‘magida  berilgan  qisqa  muddatli
kreditlar”,  12803  —  “Tadbirkorlik  subyektlari  —  yuridik  shaxslarga  Tadbirkorlik  faoliyatini
rivojlantirishni  qo‘llab-quvvatlash  davlat  jamg‘armasi  ko‘magida  berilgan  qisqa  muddatli
kreditlar”,  12809  —  “Tadbirkorlik  faoliyatini  rivojlantirishni  qo‘llab-quvvatlash  davlat
jamg‘armasi  ko‘magida  berilgan  qayta  ko‘rib  chiqilgan  qisqa  muddatli  kreditlar”,  14401  —
“Jismoniy  shaxslarga  Tadbirkorlik  faoliyatini  rivojlantirishni  qo‘llab-quvvatlash  davlat
jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 14402 — “Tadbirkorlik subyektlari —
yuridik  shaxs  tashkil  etmagan  yakka  tartibdagi  tadbirkorlarga  Tadbirkorlik  faoliyatini
rivojlantirishni  qo‘llab-quvvatlash  davlat  jamg‘armasi  ko‘magida  berilgan  uzoq  muddatli
kreditlar”,  14403  —  “Tadbirkorlik  subyektlari  —  yuridik  shaxslarga  Tadbirkorlik  faoliyatini
rivojlantirishni  qo‘llab-quvvatlash  davlat  jamg‘armasi  ko‘magida  berilgan  uzoq  muddatli
kreditlar”,  14405  —  “Tadbirkorlik  faoliyatini  rivojlantirishni  qo‘llab-  quvvatlash  davlat
jamg‘armasi  ko‘magida  berilgan  qayta  ko‘rib  chiqilgan  uzoq  muddatli  kreditlar”
hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan muddatida to‘lanmagan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning  kreditida  qarzdorlar  tomonidan  so‘ndirilgan,  boshqa  maqom  bo‘yicha
qayta  tasniflangan  kreditlar  va/yoki  zaxira  hisobvaraqlari  hisobidan  12899  —  “Ko‘rilishi
mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-
quvvatlash  davlat  jamg‘armasi  ko‘magida  berilgan  qisqa  muddatli  kreditlar”  hisobvarag‘idan
ehtimoliy zararlarga hisobdan chiqarilgan qarzdorlik summalari aks ettiriladi.


Tahliliy  hisob  har  bir  qarzdor  bo‘yicha  kredit  shartnomalariga  qarab  alohida  shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   766




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling