12809
Tadbirkorlik
faoliyatini
rivojlantirishni
qo‘llab-quvvatlash
davlat
jamg‘armasi ko‘magida berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: asosiy shartlari qayta ko‘rib chiqilgan shartnoma va unga doir
qo‘shimcha bitimga muvofiq o‘zgartirilgan, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-
quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlarning hisobi.
Hisobvaraqning debetida Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash
davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan, qayta tasniflangan va mazkur hisobvaraqqa 12801 —
“Jismoniy shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat
jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12802 — “Tadbirkorlik subyektlari
— yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga Tadbirkorlik faoliyatini
rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli
kreditlar”, 12803 — “Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini
rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli
kreditlar”, 12805 — “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat
jamg‘armasi ko‘magida berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan qayta
ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida 12899 — “ Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash
zaxirasi — Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan ehtimoliy zararlar zaxiralaridan
hisobdan chiqarilgan qayta tasniflangan va/yoki zaxira hisobvaraqlari hisobidan so‘ndirilgan
kreditlar summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |