12909 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib
chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq
asosiy shartlari o‘zgartirilgan chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa
muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa
operatsiyalar)ning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12901 — “Chet el kapitali ishtirokidagi
korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12904 — “Chet el kapitali ishtirokidagi
korxonalarga yoqilg‘i xomashyosini import qilish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar” va
12905 — “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar”
hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va chet el kapitali ishtirokidagi
korxonalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin
bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12999 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash
zaxirasi — Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar”
hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12921 — Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga maxsus dasturlar bo‘yicha
Do'stlaringiz bilan baham: |