94503 Garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan kreditlar vayoki lizinglarning ta’minoti sifatida qabul
qilingan kafolat va kafilliklarning, shuningdek sug‘urta polislarining hisobi olib boriladi. Ushbu
hisobvaraq uchun 96381 — “Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy
huquq(talab)lar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar vayoki lizinglarning ta’minoti sifatida qabul
qilingan kafolat va kafilliklarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlar vayoki lizinglar qaytarilmaganda foydalanilgan
ta’minot summasi, shuningdek kreditlar qaytarilgandan keyin va kredit shartnomalari
yopilgandan keyin kafolatlar va kafilliklarning muddati o‘tishi bilan o‘rnatilgan tartibda
foydalanilmagan va bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib
boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |