berish bo‘yicha maxsus kassalardagi naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: Xalq banki filiallarining kassirlari tomonidan pensiyalar, ijtimoiy
nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun hisobdorlik asosida olingan
naqd pullarning hisobi. Naqd pul qoldig‘i pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va
boshqa to‘lovlar to‘liq berib bo‘lingunga qadar saqlanadi. Obyektiv sabablarga ko‘ra to‘lanmay
qolgan summa 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘iga o‘tkaziladi yoki kechki
kassaga topshiriladi.
Hisobvaraqning debeti bo‘yicha kassirlar tomonidan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar,
kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun hisobdorlik asosida olingan naqd pullar
aks ettiriladi.
Hisobvaraqning krediti bo‘yicha pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va
boshqa to‘lovlarning haqiqatda to‘langan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kassir bo‘yicha alohida yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |