O‘zbekiston respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘G‘risida


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/766
Sana09.01.2022
Hajmi0.87 Mb.
#256970
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   766
Bog'liq
2 5244566380254071388 (1)

10700 Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning  ta’rifi:  ikki  turdagi  “Savdoga  mo‘ljallangan  qimmatli  qog‘ozlar”
toifasidagi  va  (“Savdoga  mo‘ljallangan”  toifaga  kirmaydigan)  haqiqiy  qiymati  bo‘yicha  hisobi
yuritiladigan  va  haqiqiy  qiymatining  o‘zgarishi  foyda  va  zararlar  hisobotida  aks  ettiriladigan
qimmatli qog‘ozlar hisobi yuritiladi.
10701 Davlat xazina veksellari
Hisobvaraqning  ta’rifi:  baholarning  qisqa  muddatli  o‘zgarishlari  natijasida  foyda  olish
maqsadida  sotib  olgan  yoki  bank  tomonidan,  boshqa  biror  usul  orqali  haqiqiy  qiymatining
o‘zgarishi foyda va zararlar hisobotida aks etadigan qimmatli qog‘ozlar deb topilgan, hukumat
tomonidan chiqarilgan xazina veksellarining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqiing  debetida  sotib  olingan  xazina  veksellarining  nominal  qiymati  aks
ettiriladi.
Hisobvaraqning  kreditida  hisobdan  chiqarilgan  davlatning  xazina  veksellarining
nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy  hisob  xazina  veksellarining  turi  va  muddati  bo‘yicha  alohida  shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
10705 Davlat obligatsiyalari
Hisobvaraqning  ta’rifi:  baholarning  qisqa  muddatli  o‘zgarishlari  natijasida  foyda  olish
maqsadida  sotib  olgan  yoki  bank  tomonidan  boshqa  biror  usul  orqali  haqiqiy  qiymatining
o‘zgarishi foyda va zararlar hisobotida aks etadigan qimmatli qog‘ozlar deb topilgan, hukumat
tomonidan  chiqarilgan  davlat  obligatsiyalari  va  boshqa  xazina  majburiyatlarining  hisobi  olib
boriladi.
Hisobvaraqning  debetida  sotib  olingan  davlat  obligatsiyalari  va  boshqa  xazina
majburiyatlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina
majburiyatlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy  hisob  davlat  obligatsiyalari  va  boshqa  xazina  majburiyatlarining  turi  va
muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. Xazina veksellarining qiymati


aks ettiriladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   766




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling