10825 Tijorat banklarining ulushli qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: tijorat banklarining xarid qilingan va sotishga mo‘ljallanganlari
sifatida tasniflangan qarz qimmatli qog‘ozlari hisobi.
Hisobvaraqning debetida tijorat banklarining xarid qilinishi bilan bog‘liq barcha
xarajatlarni hisobga olgan holdagi xarid qilingan ulushli qimmatli qog‘ozlarining xarid qiymati,
shuningdek tijorat banklarining Markaziy bankning me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq
qayta tasniflangan va tegishli hisobvaraqlardan mazkur hisobvaraqqa o‘tkazilgan qimmatli
qog‘ozlari qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida chiqib ketgan va/yoki Markaziy bankning me’yoriy-huquqiy
hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan va tegishli hisobvaraqlarga o‘tkazilgan ulushli qimmatli
qog‘ozlarning hisobdan chiqarilishi summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob tijorat banklari tomonidan chiqarilgan ulushli qimmatli qog‘ozlarning
turlari bo‘yicha, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |