O‘zbekiston respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘G‘risida


Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/766
Sana09.01.2022
Hajmi0.87 Mb.
#256970
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   766
Bog'liq
2 5244566380254071388 (1)

11100 Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
11101 Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
Hisobvaraqning  ta’rifi:  bank  tomonidan  sotib  olingan  debitorlik  qarzlari  —  jo‘natilgan
tovarlar,  bajarilgan  ish  va  ko‘rsatilgan  xizmatlar  uchun  o‘z  mijozlari  (mahsulot  yetkazib
beruvchi) tomonidan inkassoga qo‘yilgan to‘lov talabnomalarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning  debetida  bank  tomonidan  sotib  olingan  mijozlarning  debitorlik
qarzlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning  kreditida  qarzdorlar  tomonidan  to‘langan  debitorlik  qarzlarining
qiymati,  qayta  tasniflangan  va  11103  —  “Muddati  o‘tgan  sotib  olingan  debitorlik  qarzlari  —
Faktoring”,  11105  —  “Sud  jarayonidagi  sotib  olingan  debitorlik  qarzlari  —  Faktoring”
hisobvaraqlarga o‘tkazilgan, shuningdek boshqa shaxslar hisobiga kechib yuborilgan debitorlik
qarzlarining qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy  hisob  har  bir  to‘lovchi  bo‘yicha  shartnomalar  qirqimida  alohida  shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
11103
- Muddati o‘tgan sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
Hisobvaraqning ta’rifi: belgilangan qoidalarga muvofiq muddati o‘tgan deb tasniflangan
sotib olingan debitorlik qarzlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning  debetida  qayta  tasniflangan  va  11101  —  “Sotib  olingan  debitorlik
qarzlari  —  Faktoring”  hisobvarag‘idan  ushbu  hisobvaraqqa  o‘tkazilgan  bank  tomonidan  sotib
olingan debitorlik qarzlarining to‘liq va/yoki to‘lanmagan qiymati aks ettiriladi.


Hisobvaraqning  kreditida  qarzdorlar  tomonidan  to‘langan  yoki  hisobdan  chiqarilgan
dsbitorlik qarzlarining summasi, shuningdek qayta tasniflangan va 11105 — “Sotib olingan sud
jarayonidagi debitorlik qarzlari — Faktoring” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan sotib olingan muddati
o‘tgan debitorlik qarzlarining qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy  hisob  har  bir  to‘lovchi  bo‘yicha  shartnomalar  qirqimida  alohida  shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
11105
- Sud jarayonidagi sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
Hisobvaraqning  ta’rifi:  bank  tomonidan  sotib  olingan  sud  jarayonidagi  debitorlik
qarzlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning  debetida  qayta  tasniflangan  va  11101  —  “Sotib  olingan  debitorlik
qarzlari — Faktoring”, 11103 — “Muddati o‘tgan sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring”
hisobvaraqlaridan  ushbu  hisobvaraqqa  o‘tkazilgan  bank  tomonidan  sotib  olingan  debitorlik
qarzlarining to‘liq va/yoki to‘lanmagan qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning  kreditida  qarzdorlar  tomonidan  qoplangan  yoki  hisobdan  chiqarilgan
debitorlik qarzlari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy  hisob  har  bir  to‘lovchi  bo‘yicha  shartnomalar  qirqimida  alohida  shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   766




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling