11309 Sotib olingan mahalliy veksellar — Hujjatsiz
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan sotib olingan mahalliy veksel/tratta(o‘tkazma
veksel)larning va/yoki shu kabi muomaladagi moliyaviy instrumentlarning hamda kredit
liniyasi bo‘yicha amal qilish muddati tugamagan mahalliy veksellar bilan qoplangan
cheklarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan veksellarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki qayta sotilgan veksellarning nominal
qiymati, shuningdek, qayta tasniflangan va 11315 — “Muddati o‘tgan sotib olingan veksellar” va
11319 — “Sud jarayonidagi sotib olingan veksellar” hisobvaraqlariga o‘tkazilgan veksellarning
summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksellarning muddati va turi, shuningdek, to‘lovchilar bo‘yicha alohida
shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |