bo‘yicha majburiyatlari
11501 Mijozlarning majburiyatlari — Import bilan bog‘liq veksellar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan va importning qiymatini to‘lash
va/yoki akseptlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash uchun mo‘ljallangan, akkreditiv
kafolati asosida taqdim etilgan, import yoki sotib olish/to‘lash vakolati bilan bog‘liq bo‘lgan
veksel/trattalarning hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida tovarlar yoki xizmatlar import uchun chet el vakil bankidan
qabul qilingan akkreditiv bo‘yicha taqdim etilgan veksellarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozlarning hisobvaraqlariga qo‘yilgan akkreditiv asosidagi
veksellarning to‘langan summasi, shuningdek qayta tasniflangan va 11511 — “Muddati o‘tgan
import bilan bog‘liq veksellar va akseptlar” va 11519 — “Sud jarayonidagi import bilan bog‘liq
veksellar” hisobvaraqlariga o‘tkazilgan veksellar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |