O‘zbekiston respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘G‘risida


Muddati o‘tgan import bilan bog‘liq veksellar va akseptlar


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/766
Sana09.01.2022
Hajmi0.87 Mb.
#256970
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   766
Bog'liq
2 5244566380254071388 (1)

11511 Muddati o‘tgan import bilan bog‘liq veksellar va akseptlar
Hisobvaraqning  ta’rifi:  amaldagi  qoidalarga  muvofiq  muddati  o‘tgan  deb
hisoblanadigan,  akkreditiv  va/yoki  trast  hujjati  kafolati  asosida  berilgan  muddatida
to‘lanmagan import bilan bog‘liq veksel/trattalar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 11501 — “Mijozlarning majburiyatlari —
Import  bilan  bog‘liq  veksellar”,  11505  —  “Mijozlarning  majburiyatlari  —  Trast  hujjatlari
asosidagi  import  bilan  bog‘liq  veksellar”  hisobvaraqlaridan  ushbu  hisobvaraqqa  o‘tkazilgan,
akkreditiv va/yoki trast kelishuvlari kafolati asosida qo‘yilgan, muddatida to‘lanmagan import
bilan bog‘liq veksel/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning  kreditida  akkreditiv  va/yoki  trast  kelishuvi  kafolati  asosida  qo‘yilgan
import  bilan  bog‘liq  to‘langan  veksel/trattalarning  qiymati  va/yoki  qadrsizlanish  natijasida
vujudga  kelgan  zararlarni  qoplash  11599  —  “Ko‘rilishi  mumkin  bo‘lgan  zararlarni  qoplash
zaxirasi — Import bilan bog‘liq va mahalliy veksellar” hisobidan qoplangan, shuningdek qayta
tasniflangan  va  ushbu  hisobvaraqdan  11519  —  “Sud  jarayonidagi  import  bilan  bog‘liq
veksellar”  hisobvarag‘iga  o‘tkazilgan  import  bilan  bog‘liq  to‘lab  berilgan  veksel/trattalarning
qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   766




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling