11519 Sud jarayonidagi import bilan bog‘liq veksellar
Hisobvaraqning ta’rifi: akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolati asosida qo‘yilgan sud
ishi qo‘zg‘atilgan import bilan bog‘liq veksel/trattalarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 11501 — “Mijozlarning majburiyatlari —
Import bilan bog‘liq veksellar”, 11505 — “Mijozlarning majburiyatlari — Trast hujjatlari
asosidagi import bilan bog‘liq veksellar”, 11511 — “Muddati o‘tgan import bilan bog‘liq
veksellar va akseptlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan akkreditiv va/yoki
trast hujjatlari kafolati asosida qo‘yilgan import bilan bog‘liq veksel/trattalarning summasi aks
ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zararlarni qoplash
uchun tashkil etilgan zaxira 11599 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi —
Import bilan bog‘liq va mahalliy veksellar” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan va/yoki
akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolati asosida qo‘yilgan, to‘langan veksel/trattalarning
summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |