12109 Boshqa banklarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli
kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq
asosiy shartlari o‘zgartirilgan boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan,
mohiyati bo‘yicha kreditlar hisoblangan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12101 — “Boshqa banklarga berilgan
qisqa muddatli kreditlar” va 12105 — “Boshqa banklarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar”
hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, boshqa banklarga berilgan, shartlari qayta
ko‘rib chiqilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan, qayta tasniflangan va/yoki 12199 — “Ko‘rilishi
mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli
kreditlar” hisobvarag‘i orqali hisobdan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
12199 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa banklarga
Do'stlaringiz bilan baham: |