O‘zbekiston respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘G‘risida


Jismoniy shaxslarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/766
Sana09.01.2022
Hajmi0.87 Mb.
#256970
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   766
Bog'liq
2 5244566380254071388 (1)

12505 Jismoniy shaxslarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning  ta’rifi:  jismoniy  shaxslarga  berilgan  muddatida  to‘lanmagan
(qoplanmagan)  qisqa  muddatli  va  uzoq  muddatli  kredit  (shu  jumladan,  mohiyati  bo‘yicha
kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12501 — “Jismoniy shaxslarga berilgan
qisqa  muddatli  kreditlar”,  12502  —  “Aholining  kam  ta’minlangan  qatlamlariga  berilgan  qisqa
muddatli kreditlar”, 12504 — “Jismoniy shaxslarga davlat dasturlari bo‘yicha uy-joy sotib olish
uchun  berilgan  qisqa  muddatli  ipoteka  kreditlari”,  12509  —  “Jismoniy  shaxslarga  berilgan
shartlari  qayta  ko‘rib  chiqilgan  qisqa  muddatli  kreditlar”,  14901  —  “Jismoniy  shaxslarga
berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 14902 — “Aholining kam ta’minlangan qatlamlariga berilgan
uzoq muddatli kreditlar”, 14903 — “Jismoniy shaxslarga davlat dasturlari bo‘yicha uy-joy sotib
olish uchun berilgan uzoq muddatli ipoteka kreditlari”, 14905 — “Jismoniy shaxslarga berilgan
shartlari  qayta  ko‘rib  chiqilgan  uzoq  muddatli  kreditlar”  hisobvaraqlaridan  ushbu
hisobvaraqqa  o‘tkazilgan  jismoniy  shaxslarga  berilgan  muddatida  to‘lanmagan  kreditlarning
summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning  kreditida  qarzdorlar  tomonidan  to‘langan,  kreditlarning  boshqa
maqomi  bo‘yicha  qayta  tasniflangan  va/yoki  ko‘rilishi  mumkin  bo‘lgan  zararlarni  qoplash


uchun  zaxira  12599  —  “Jismoniy  shaxslarga  berilgan  qisqa  muddatli  kreditlar  bo‘yicha
zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy  hisob  har  bir  qarzdor  bo‘yicha  kredit  shartnomalariga  qarab  alohida  shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   766




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling