12605 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yakka tartibdagi tadbirkorlarga va yuridik shaxs maqomiga ega
bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklariga berilgan muddatida to‘lanmagan qisqa muddatli va uzoq
muddatli kredit (shu jumladan mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa
operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi
tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklariga berilgan muddatida to‘lanmagan, qayta tasniflangan va
12601 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12609 — “Yakka
tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar”,
15001 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 15005 — “Yakka
tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar”
hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘langan, boshqa maqomi bo‘yicha
qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12699 —
“Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha zararlarni qoplash
zaxirasi” hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
12609 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |