12899 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Tadbirkorlik
faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan
qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirilmasligi mumkin bo‘lgan, Tadbirkorlik
faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida taqdim etilgan
qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplashga zaxiralarning hisobi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxira summasining
oshirilishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxira summasining bekor qilinishi va/yoki kamayishi aks
ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
12900 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12901 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga chet el kapitali
ishtirokidagi korxonalarga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan
overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta
tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
12904 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga yoqilg‘i xomashyosini import
Do'stlaringiz bilan baham: |