12905 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan muddatida
to‘lanmagan qisqa muddatli (uzoq muddatli) kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar
overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12901 — “Chet el kapitali ishtirokidagi
korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12904 — “Chet el kapitali ishtirokidagi
korxonalarga yoqilg‘i xomashyosini import qilish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar”,
12909 — “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan
qisqa muddatli kreditlar”, 15301 — “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq
muddatli kreditlar”, 15304 — “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga yoqilg‘i xomashyosini
import qilish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 15305 — “Chet el kapitali ishtirokidagi
korxonalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar”
hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga
berilgan muddatida to‘lanmagan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan
va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12999 — Ko‘rilishi mumkin
bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa
muddatli kreditlar bo‘yicha” hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgan hamda qarzdorlar tomonidan
to‘langan qarzlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |