O‘zbekiston respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘G‘risida


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/766
Sana09.01.2022
Hajmi0.87 Mb.
#256970
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   766
Bog'liq
2 5244566380254071388 (1)

o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning  ta’rifi:  xususiy  korxonalar,  fermer  va  dehqon  xo‘jaliklari,  to‘liq  va
kommandit  shirkatlari,  mas’uliyati  cheklangan  yoki  qo‘shimcha  mas’uliyatli  va  aksiyadorlik
jamiyatlari,  shuningdek  yuqoridagi  toifalarga  mos  kelmaydigan  boshqa  yuridik  shaxslarga
berilgan  muddatida  to‘lanmagan  qisqa  muddatli  va  uzoq  muddatli  kredit  (shu  jumladan.
mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.


Hisobvaraqning  debetida  muddatida  to‘lanmagan,  qayta  tasniflangan  va  13101  —
“Xususiy  korxonalar,  xo‘jalik  shirkatlari  va  jamiyatlarga  berilgan  qisqa  muddatli  kreditlar”,
13104 — “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga yoqilg‘i xomashyosini import
qilish  uchun  berilgan  qisqa  muddatli  kreditlar”,  13109  —  “Xususiy  korxonalar,  xo‘jalik
shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar”,
15501  —  “Xususiy  korxonalar,  xo‘jalik  shirkatlari  va  jamiyatlarga  berilgan  uzoq  muddatli
kreditlar”,  15504  —  “Xususiy  korxonalar,  xo‘jalik  shirkatlari  va  jamiyatlarga  yoqilg‘i
xomashyosini  import  qilish  uchun  berilgan  uzoq  muddatli  kreditlar”,  15505  —  “Xususiy
korxonalar,  xo‘jalik  shirkatlari  va  jamiyatlarga  berilgan  shartlari  qayta  ko‘rib  chiqilgan  uzoq
muddatli  kreditlar”  hisobvaraqlaridan  ushbu  hisobvaraqqa  o‘tkazilgan  xususiy  korxonalar,
shirkatlar va korporatsiyalarga berilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning  kreditida  kreditlarning  boshqa  maqomi  bo‘yicha  qayta  tasniflangan
va/yoki  ko‘rilishi  mumkin  bo‘lgan  zararlarni  qoplash  uchun  zaxira  hisobidan  13199  —
“Ko‘rilishi  mumkin  bo‘lgan  zararlarni  qoplash  zaxirasi  —  Xususiy  korxonalar,  xo‘jalik
shirkatlari  va  jamiyatlarga  berilgan  qisqa  muddatli  kreditlar”  hisobvarag‘idan  chiqarilgan
hamda qarzdorlar tomonidan to‘langan qarzlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy  hisob  har  bir  qarzdor  bo‘yicha  kredit  shartnomalariga  qarab  alohida  shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   766




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling