O‘zbekiston respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘G‘risida


  Xususiy  korxonalar,  xo‘jalik  shirkatlari  va  jamiyatlarga  berilgan  shartlari


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/766
Sana09.01.2022
Hajmi0.87 Mb.
#256970
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   766
Bog'liq
2 5244566380254071388 (1)

13109  Xususiy  korxonalar,  xo‘jalik  shirkatlari  va  jamiyatlarga  berilgan  shartlari
qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq
asosiy  shartlari  o‘zgartirilgan  xususiy  korxonalar,  fermer  va  dehqon  xo‘jaliklari,  to‘liq  va
kommandit  shirkatlari,  mas’uliyati  cheklangan  yoki  qo‘shimcha  mas’uliyatli  va  aksiyadorlik
jamiyatlari,  shuningdek  yuqoridagi  toifalarga  mos  kelmaydigan  boshqa  yuridik  shaxslarga
berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va
boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning  debetida  qayta  tasniflangan  va  13101  —  “Xususiy  korxonalar,  xo‘jalik
shirkatlari  va  jamiyatlarga  berilgan  qisqa  muddatli  kreditlar”,  13104  —  “Xususiy  korxonalar,
xo‘jalik  shirkatlari  va  jamiyatlarga  yoqilg‘i  xomashyosini  import  qilish  uchun  berilgan  qisqa
muddatli  kreditlar”  va  13105  —  “Xususiy  korxonalar,  xo‘jalik  shirkatlari  va  jamiyatlarga
berilgan  muddati  o‘tgan  kreditlar”  hisobvaraqlaridan  ushbu  hisobvaraqqa  o‘tkazilgan  va
xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan
kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning  kreditida  to‘langan,  qayta  tasniflangan  va/yoki  ko‘rilishi  mumkin
bo‘lgan  zararlarni  qoplash  uchun  zaxira  hisobdan  13199  —  “Ko‘rilishi  mumkin  bo‘lgan
zararlarni qoplash zaxirasi — Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan
qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy  hisob  har  bir  qarzdor  bo‘yicha  kredit  shartnomalariga  qarab  alohida  shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   766




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling