uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq
asosiy shartlari o‘zgartirilgan nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan kredit (mohiyati
bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 15201 — “Nodavlat notijorat
tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar” va 13005 — “Nodavlat notijorat tashkilotlariga
berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvarag‘idan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va nodavlat
notijorat tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks
ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin
bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 15299 — “Nodavlat notijorat tashkilotlariga
berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash
zaxirasi” hisobvarag‘idan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |