qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq
asosiy shartlari o‘zgartirilgan xususiy korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklari, to‘liq va
kommandit shirkatlari, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli aksiyadorlik
jamiyatlari, shuningdek yuqoridagi toifalarga mos kelmaydigan boshqa yuridik shaxslarga
berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa
operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 13105-“Xususiy korxonalar, xo‘jalik
shirkatlari va jamiyatlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” va 15501-“Xususiy korxonalar,
xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 15504 — “Xususiy
korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga yoqilg‘i xomashyosini import qilish uchun
berilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va
xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan
kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin
bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 15599-“Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni
qoplash zaxirasi — Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq
muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15521 — Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga maxsus dasturlar
Do'stlaringiz bilan baham: |