15905 Davlat obligatsiyalari
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan chiqarilgan,
so‘ndirish muddatigacha saqlash va qat’iy belgilangan summada daromad olish maqsadida
sotib olingan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina majburiyatlari (uzoq muddatli) hisobga
olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina
majburiyatlarining nominal qiymati va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta
tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan davlat
obligatsiyalarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank me’yoriy
hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan davlat
obligatsiyalarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob davlat obligatsiyalari va boshqa xazina majburiyatlarining turlari va
muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |