16549 Boshqalarga operatsion ijara bo‘yicha berilgan asosiy vositalar
Hisobvaraqning ta’rifi: operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalarning (ko‘chmas
mulkdan tashqari) qiymati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida ko‘chmas mulkdan tashqari ijaraga berilgan asosiy
vositalarning qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi
xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ijara muddati tugashi va/yoki ijara shartnomasi bekor
qilinishi natijasida qaytarilgan asosiy vositalarning qiymati, shuningdek ijara muddati
tugagandan keyin ijarachi olgan asosiy vositalarning qiymati va qayta baholash natijasida
kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob ijaraga berilgan har bir asosiy vosita bo‘yicha alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
16551 Yig‘ilgan eskirish summasi — Boshqalarga operatsion ijara bo‘yicha berilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |