16609 O‘rnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: ekspluatatsiyaga tayyor bo‘lmagan, o‘rnatish va/yoki yaratish
jarayonidagi nomoddiy aktivlar bo‘yicha xarajatlar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida ekspluatatsiyaga tayyor bo‘lmagan nomoddiy aktivlarning
o‘rnatish vayoki yaratish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi qiymati,
shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ekspluatatsiyaga berilayotgan, sotilayotgan va/yoki boshqa
yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning qiymati, shuningdek qayta baholash
natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
16617 Gudvill
Hisobvaraqning ta’rifi: xo‘jalik subyektlarining qo‘shilishi yoki qo‘shib olinishi
natijasida vujudga keluvchi gudvill hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida xo‘jalik subyektlarining qo‘shilish yoki qo‘shib olinishi
natijasida sotib olingan sof aktivlarining xarid qilish bahosini ularning haqiqiy bahosidan oshiq
summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida gudvillning qadrsizlanishi vayoki hisobdan chiqarilishi aks
ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir xo‘jalik subyekti bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib
boriladi.
16699 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — O‘rnatish va
Do'stlaringiz bilan baham: |