20218 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan
depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan yakka
tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklarining joriy maqsadlarda foydalanadigan
mablag‘lari hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning kreditida yakka tartibdagi tadbirkorlarning talab qilib olinguncha
saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida yakka tartibdagi tadbirkorlarning talab qilib olinguncha
saqlanadigan depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks
ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
20294 — Norezident — yuridik shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan
depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: norezident — yuridik shaxslarning joriy maqsadlarda
foydalanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida norezident — yuridik shaxslarning talab qilib olinguncha
depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida norezident — yuridik shaxslarning talab qilib olinguncha
depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
(III-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-
sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) asosan 20294-hisobvaraq bilan to‘ldirilgan — Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |