O‘zbekiston respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘G‘risida


  Xususiy  korxonalar,  xo‘jalik  shirkatlari  va  jamiyatlarning  jamg‘arma


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet393/766
Sana09.01.2022
Hajmi0.87 Mb.
#256970
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   766
Bog'liq
2 5244566380254071388 (1)

20408  Xususiy  korxonalar,  xo‘jalik  shirkatlari  va  jamiyatlarning  jamg‘arma
depozitlari
Hisobvaraqning  ta’rifi:  xususiy  korxonalar,  fermer  va  dehqon  xo‘jaliklari,  to‘liq  va
kommandit  shirkatlari,  mas’uliyati  cheklangan  yoki  qo‘shimcha  mas’uliyatli  va  aksiyadorlik


jamiyatlarining  ma’lum  maqsad  uchun  foizlar  hisoblanishi  bilan  jamg‘ariladigan  mablag‘lari
hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning  kreditida  xususiy  korxonalar,  xo‘jalik  shirkatlari  va  jamiyatlarning
jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning  debetida  xususiy  korxonalar,  xo‘jalik  shirkatlari  va  jamiyatlarning
jamg‘arma depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20410 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining jamg‘arma depozitlari
Hisobvaraqning  ta’rifi:  davlat  aksiyadorlik  jamiyatlari,  korxonalari,  tashkilotlari  va
muassasalarining ma’lum maqsad uchun foizlar hisoblanishi bilan jamg‘ariladigan mablag‘lari
hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning  kreditida  davlat  korxonalari,  tashkilotlari  va  muassasalarining
jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning  debetida  davlat  korxonalari,  tashkilotlari  va  muassasalarining
jamg‘arma depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   766




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling