Nostro, overdraft
Hisobvaraqning ta’rifi: ilgari mavjud bo‘lgan debet saldodan to‘lovni amalga
oshirishdagi summaning oshib ketishi natijasida aktiv 10301 — “O‘zRMBdagi vakillik
hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro” hisobvarag‘ida paydo bo‘lgan
kredit qoldiq hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida 10301 — “O‘zRMBdagi vakillik hisobvarag‘idan olinishi lozim
bo‘lgan mablag‘lar — Nostro” hisobvaraqda paydo bo‘lgan kredit qoldiq summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 10301 — “O‘zRMBdagi vakillik hisobvarag‘idan olinishi lozim
bo‘lgan mablag‘lar — Nostro” hisobvaraqqa mablag‘lar kelib tushganda kredit qoldiqni qoplash
summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |