Hisobvaraqning debetida chekning qoplanish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir to‘lovchi va chek turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda
olib boriladi.
21400 Bankning to‘lanmagan akseptlari
21402 To‘lanmagan akseptlar — Mahalliy
Hisobvaraqning ta’rifi: mahalliy savdo operatsiyalarini amalga oshirishda xaridorlarga
aksept shaklida berilgan muddatli veksellar/trattalarning summasi hisobga olinadi. Ushbu
hisobvaraq 11701 — “Mijozlarning akseptlari bo‘yicha majburiyatlari — Mahalliy”
hisobvarag‘iga kontrhisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning kreditida aksept shaklida berilgan veksellar/trattalarning qiymati aks
ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida aksept shaklida to‘langan veksellar/trattalarning qiymati aks
ettiriladi.
Tahliliy hisob veksel/trattalarning muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda
olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: