23430 Mahalliy budjet mablag‘lari — Viloyat
Hisobvaraqning ta’rifi: viloyat budjetining daromadlari, shuningdek davlat budjeti
qaramog‘idagi hokimiyatlar, muassasalar va tashkilotlarni ta’minlashga mo‘ljallangan
mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mablag‘lar kelib tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjet muassasalari va tashkilotlari uchun xarajatlar
smetasiga muvofiq hisobdan chiqarilgan mablag‘lar, shuningdek viloyat budjetiga noto‘g‘ri
o‘tkazilgan mablag‘larning qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir budjet muassasasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib
boriladi.
23431 Nobudjet tashkilotlar va korxonalarning viloyat budjetidan ajratilgan
mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: Davlat dasturi bo‘yicha viloyat budjetidan nobudjet tashkilotlar
va korxonalarga ajratilgan mablag‘lar, shuningdek subsidiya va transfertlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida viloyat budjetidan kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq hisobdan
chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |