41000 Mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha hisoblangan foizlar
41001 Mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlar — Import bilan
bog‘liq veksellar
41005 Mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlar — Trast hujjatlari
asosidagi import bilan bog‘liq veksellar
41009 Mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlar — Trast hujjatlari
asosidagi mahalliy veksellar
41013 Muddati o‘tgan import bilan bog‘liq veksellar va akseptlar bo‘yicha foizli
daromadlar
41017 Muddati o‘tgan mahalliy veksellar va akseptlar bo‘yicha foizli daromadlar
41021 Sud jarayonidagi import bilan bog‘liq veksellar bo‘yicha foizli daromaddar
41025 Sud jarayonidagi mahalliy veksellar bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi
uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning veksel va akseptlar (eksport bilan bog‘liq bo‘lgan
veksellar, trast hujjatlari bilan kafolatlangan veksellar, muddati o‘tgan va sud jarayonidagi
veksellar) asosida mijozlar majburiyatlari bo‘yicha foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida akkreditiv va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan trattalar
asosidagi mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks
ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki olingan daromadlarning qaytarish
summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida
31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi
aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |