44900 Boshqa foizli daromadlar
44901 Boshqa foizli daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan tasnif hisobvaraqlariga mos tushmaydigan
mijozlarning majburiyatlari bo‘yicha bankning foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozlarning boshqa majburiyatlari bo‘yicha olinishi lozim
bo‘lgan ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqvishg debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki olingan daromadlarning qaytarish
summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida
31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi
aks ettiriladi.
44903 Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larini investitsiya qilishdan
marja
Hisobvaraqning ta’rifi: jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larini investitsiya
qilishdan olingan va miqdori qonunchilikka muvofiq aniqlanadigan marja hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida ishlab topilgan daromad (marja) summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan daromadning qaytarilgan summasi
hamda moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof
foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromad summasi aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |