45909 Bank asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan foyda
45913 Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan foyda
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi
uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning asosiy vositalarini va boshqa xususiy mulklarini sotish
yoki dispozitsiya qilishdan foyda hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning asosiy vositalarini va boshqa xususiy mulklarini
sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan foydalarning qaytarilish summasi,
shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 —
“Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |