52100 Boshqa banklarning hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar
52101 Boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar —
Vostro
52106 Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar —
Nostro, overdraft
52111 Boshqa banklarning depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyatiga ko‘ra bir xil bo‘lganligi uchun
ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklarning ushbu bankda ochgan hisobvaraqlari
bo‘yicha foizli xarajatlar, shuningdek bankning boshqa bankdagi vakillik hisobvarag‘ida
vujudga keladigan overdraft — Nostro, overdraft bilan bog‘liq bo‘lgan foizli xarajatlar hisobi
olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek boshqa banklarga
to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki to‘langan foizlarning qaytarilish
summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida
31206-“Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv) hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |