55122 Vositachilik xarajatlari va xizmatlar uchun xarajatlar — Sotib olingan
veksellar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning veksellar bilan amalga oshiradigan operatsiyalarda
(qimmatli qog‘ozlarni sotishda vositachilik, brokerllk mukofotlari va b.q.) vositachilar
tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida vositachilar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun sarf
qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilshp summasi,
shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof
foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55126 Vositachilik xarajatlari va xizmatlar uchun xarajatlar — Akkreditivlar va
akseptlar
Hisobvaraqning ta’rifi: akkreditiv ochish va akseptlar berish bo‘yicha ko‘rsatilgan
xizmatlar uchun bankning xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida akkreditivlar va akseptlar bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar
uchun bank tomonidan to‘langan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi,
shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof
foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |