55300 Xorijiy valyutalarda ko‘rilgan zararlar
55302 “Spot” bitimlari bo‘yicha xorijiy valyutalarda ko‘rilgan zararlar
55306 Hosilaviy instrumentlar bilan tuzilgan bitimlar bo‘yicha xorijiy valyutalarda
ko‘rilgan zararlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyata bo‘yicha bir xil bo‘lganligi
uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning Spot/Forvard/Opsion/Fyuchers bitimlari bo‘yicha
ko‘rilgan zararlarining hisobi olib boriladi. Zararlar o‘rnatilgan muddatda balans hisobotini
tuzish sanasiga hisobvaraqlar qoldig‘ini qayta baholagandan keyin aniqlanadi.
Hisobvaraqning debetida xorijiy valyutada tuzilgan bitimlar natijasida ko‘rilgan
zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ijobiy qayta baholash natijasida zararlarning kamayish
summasi, noto‘g‘ri hisoblangan zararlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy
hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-
passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |