O‘zbekiston respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘G‘risida


O‘zRMBning qimmatli qog‘ozlari blankalari


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet703/766
Sana09.01.2022
Hajmi0.87 Mb.
#256970
1   ...   699   700   701   702   703   704   705   706   ...   766
Bog'liq
2 5244566380254071388 (1)

90305 O‘zRMBning qimmatli qog‘ozlari blankalari
Hisobvaraqning  ta’rifi:  bank  tomonidan  tarqatish  (birinchi  egalariga  sotish)  uchun
olingan  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  obligatsiyalari  va  qimmatli
qog‘ozlarining  blankalari  hisobi  hamda  emitentlarning  topshirig‘i  bo‘yicha  bank  tomonidan
to‘langan va yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan yoki emitentlarga berib yuboriladigan obligatsiyalar va
boshqa qimmatli qog‘ozlar blankalarining hisobi olib boriladi. Tarqatish (sotish) uchun olingan
qimmatli  qog‘ozlar  blankalari  nominal  qiymati  bo‘yicha  hisobga  olinadi.  To‘langan  qimmatli
qog‘ozlar  blankalari  “donasi  1  so‘m”  bo‘lgan  shartli  bahoda  hisoblanadi.  Ushbu  hisobvaraq
uchun 96307 — “O‘zRMBining qimmatli qog‘ozlari blankalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-
hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan sotish (tarqatish) uchun olingan, shuningdek
emitentlar  topshirig‘i  bo‘yicha  to‘langan  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining
obligatsiyalari va qimmatli qog‘ozlarining blankalari qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning  kreditida  sotilgan  (tarqatilgan)  yoki  emitentlarga  qaytarilgan,
shuningdek  hisobdorlik  asosida  berilgan  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki
obligatsiyalari  va  boshqa  davlat  qimmatli  qog‘ozlari  blankalarining  qiymati  aks  ettiriladi.
Bundan  tashqari  ushbu  hisobvaraq  yo‘q  qilingan  yoki  to‘langan  qimmatli  qog‘ozlarning
emitentlarga berib yuborilgan blankalari summasiga kreditlanadi.
Tahliliy  hisob  qimmatli  qog‘ozlarning  va  emitentlarning  turlari  bo‘yicha  shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   699   700   701   702   703   704   705   706   ...   766




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling