92806 Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar
Hisobvaraqning ta’rifi: o‘zaro tuzilgan muddatli bitimlarga binoan bank tomonidan
yetkazib berilishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning, shuningdek bank bilan kontragent
o‘rtasida qayta sotib olish sharti bilan tuzilgan qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimi
to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarilishi bo‘yicha sotilishi lozim bo‘lgan qimmatli
qog‘ozlarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96376 — “Qimmatli qog‘ozlarni
sotish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida o‘zaro tuzilgan muddatli bitimlarga binoan bank tomonidan
sotuvga qo‘yilishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning summasi, shuningdek bank tomonidan
sotib olingan va qayta sotib olish sharti bilan tuzilgan qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimi
to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarilishi bo‘yicha sotilishi lozim bo‘lgan qimmatli
qog‘ozlarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida o‘zaro tuzilgan muddatli bitimlarga binoan bank tomonidan
sotilgan qimmatli qog‘ozlarning summasi, shuningdek qimmatli kog‘ozlarni qayta sotib olish
sharti bilan tuzilgan qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimi to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi
qismini bajarilishi qo‘shma bank tomonidan sotilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati aks
ettiriladi.
Tahliliy hisob shartnoma va qimmatli qog‘ozlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy
hisobvaraqarda ollb boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |