O’zbekiston Respublikasi Toshkent Shahar Toshkent davlat transport universiteti


Tezkor xotira (TXQ ShK ishining joriy bosqichidagi hisoblash jarayonida bevosita qatnashayotgan axborotlarni (dasturlar va qiymatlar) saqlash uchun mo’ljallangan


Download 278 Kb.
bet3/5
Sana21.01.2023
Hajmi278 Kb.
#1106373
1   2   3   4   5
Bog'liq
1.LABORATORIYA MASHGULOTI.

Tezkor xotira (TXQ ShK ishining joriy bosqichidagi hisoblash jarayonida bevosita qatnashayotgan axborotlarni (dasturlar va qiymatlar) saqlash uchun mo’ljallangan.


TXQ −kuchlanish uzilganda unda saqlanayotgan ma’lumot yo’qoladi. TXQ, asosini yarim o’tkazgichli eslab qolish elementlarining (triggerlarni) matritsasini o’z ichiga olgan katta integral sxemalar tashkil etadi. Eslab qoluvchi elementlar matritsaning vertikal va gorizontal shinalarining kesishuvida joylashgan; ma’lumotlarni yozish va o’qish tanlangan xotira yacheykasiga tegishli bo’lgan elementlar bilan ulangan matritsaning shinalari bo’yicha elektr impulslarni berish orqali amalga oshiriladi.
Konstruktiv jihatdan tezkor xotira elementlari ayrim xotira modullari ko’rinishida bajariladi. Katta bo’lmagan plataga bitta yoki bir nechta mikrosxemalar kavsharlangan.
Qo’llanadigan modullar tiplari:
- DIP (Dual In Line Package) va SIPP (Single In Line Package), hozir juda kam qo’llanmoqda;
- SIMM (Single In Line Memory Module); SIMM modullari 256 Kbayt, 1, 4, 8, 16, 32 yoki 64 Mbayt sig’imga ega, saqlanayotgan bitlar juftligi nazorat qilinadi va nazorat qilinmaydi; kompyuterning bosh platasi raz’yomlariga mos keluvchi 30 («qisqa» - eskirgan variant) va 72-kontaktli («uzun») raz’yomlarga ega bo’lishi mumkin; uzun modullar RAM EDO xotirasini tashkil etishda ham qo’llaniladi.
- DIMM (Dual In Line Memory Module) - 168-kontaktli raz’yomlarga ega bo’lgan yangi tipdagi moduldir; shunday mos raz’yomlarga ega bo’lgan, faqat yangi tipdagi tizimli platalarga o’rnatilishi mumkin. DIMM modullari RAM EDO va SD RAM xotiralarni tashkil etishda qo’llanadi.
486 MP uchun bosh platalarda 30- va 72-kontaktli modullar ishlatiladi.
Pentium-mashinalarida esa odatda 72-kontaktli SIMM modullar yoki 168-kontaktli DIMM modullar qo’llanadi. 30-kontaktli SIMM modulining uzunligi 10 sm dan oshiqroq, DIMM modulining uzunligi esa 13 sm atrofida. Bosh platalarda xotira modullarini o’rnatish uchun bir nechta raz’yomlar guruhi (banklar) bo’lishi mumkin. Bitta bankka bir xil sig’imli bloklarni qo’yish mumkin, masalan, faqat 1 Mbaytdan yoki faqat 4 Mbaytdan, turli xil sig’imli bloklarni faqat turli banklarda o’rnatish mumkin. Ko’pchilik mikrosxemalarda murojaat qilish vaqti 60 yoki 70 ns. Agar bosh plata 60 nanosekundli modullarga mo’ljallangan bo’lsa, unga 70 nanosekundli modullarni o’rnatish mumkin emas, teskarisiga esa mumkin.
Hozir tez sahifali murojaat qilinadigan FPM (Fast Page Mode) xotira bilan bir qatorda Pentium va Pentium Pro MP lari uchun ishlab chiqilgan ko’paytirilgan tezkor DRAM xotirasining yangi tiplari paydo bo’ldi: RAM EDO (Extented Data Output) va SD RAM (Synchronous DRAM).

Download 278 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling