O‘zbеkiston rеspublikаsi
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
P
Q o‘zgarishi yoki o‘zgarmasligi mumkin, narx va tovar miqdori esa har doim o‘zgarib boradi. Demak, narxga bog‘liq talab elastikligi talab chizig‘ining alohida nuqtasida o‘lchanadi va egri chiziq bo‘yicha surilganda, u o‘zgarib boradi. Real statistik ma’lumotlarga ko‘ra nuqtaviy va yoysimon elastiklik koeffitsientlarini quyidagicha aniqlash mumkin. Talabning narxga bog‘liq nuqtaviy elastiklik koeffitsiyentini hisoblash formulasi: 1 1 2 1 1 2 P P P Q Q Q E D D D D P Bu yerda D Q 1 va P 1 talabning va tovar narxining boshlang‘ich qiymatlari, D Q 2 va P 2 - talabning va tovar narxining o‘zgargan qiymatlari. Taklifning narxga bog‘liq nuqtaviy elastiklik koeffitsiyentini hisoblash formulasi: 1 1 2 1 1 2 P P P Q Q Q E S S S S P Bu yerda S Q 1 va P 1 talabning va tovar narxining boshlang‘ich qiymatlari, S Q 2 va P 2 - talabning va tovar narxining o‘zgargan qiymatlari. Talabning narxga bog‘liq yoysimon elastiklik koeffitsiyentini hisoblash formulasi: 2 / 2 / 2 1 1 2 2 1 1 2 P P P P Q Q Q Q E D D D D D P Taklifing narxga bog‘liq yoysimon elastiklik koeffitsiyentini hisoblash formulasi: 2 / 2 / 2 1 1 2 2 1 1 2 P P P P Q Q Q Q E S S S S S P 64 Yoysimon elastiklik hisoblanganda, Q va P larning bazis ko‘rsatkichlari sifatida, ularni boshlang‘ich va o‘zgargan qiymatlarining o‘rtachasi olinadi. Misol. Limonga bo‘lgan talab 100 dona bo‘lganda, bir birlik limon narxi 2100 so‘m, talab 200 dona bo‘lganda 1800 so‘m bo‘lsin. Yoysimon elastiklik koeffitsienti orqali hisoblaymiz. 00 18 ; 200 ; 2100 ; 100 2 2 1 1 P Q P Q D D . . 33 , 4 1950 300 150 100 2 / 1800 2100 2100 1800 2 / 200 100 100 200 D E Demak, limon narxi bir foizga tushganda, unga talab 4,33 foizga o‘sadi. Tаlаb qоnunigа аsоsаn istе’mоlchilаr nаrх аrzоnlаshuvi tа’siridа ko‘prоq tоvаr хаrid qilishgа mоyil bo‘lаdilаr. Аmmо, istе’mоlchilаr tаlаbining nаrх o‘zgаrishigа munоsаbаti tоvаrning хususiyatigа ko‘rа turlichа bo‘lishi mumkin. Аyrim tоvаrlаr nаrхining o‘zgаrishigа nisbаtаn istе’mоlchilаrning sеzuvchаnligi yuqоri bo‘lаdi vа nаrхdаgi оzginа o‘zgаrishlаr tа’siridа tоvаrgа bo‘lgаn tаlаb miqdоri sеzilаrli dаrаjаdа o‘zgаrаdi. Оdаtdа qimmаtbаhо buyumlаr nаrхigа nisbаtаn istе’mоlchilаr tаlаbining sеzuvchаnligi yuqоri bo‘lаdi. Mаsаlаn, yеngil аvtоmоbillаr nаrхining оshishi ungа bo‘lgаn tаlаbning sеzilаrli qisqаrishigа оlib kеlаdi. Bundаy tоvаrlаrgа bo‘lgаn elаstik tаlаb dеyilаdi. Ikkinchi tur tоvаrlаr nаrхining o‘zgаrishi ulаrgа bo‘lgаn tаlаb miqdоrigа sеzilаrli tа’sir ko‘rsаtmаydi. Ko‘pinchа kundаlik ehtiyoj vа zаrurаt buyumlаri nаrхigа nisbаtаn istе’mоlchilаr tаlаbining sеzuvchаnligi pаst bo‘lаdi. Mаsаlаn, оziq-оvqаt, dоri-dаrmоn, gugurt kаbi tоvаrlаr nаrхining o‘zgаrishi ulаrgа bo‘lgаn tаlаb miqdоrigа sеzilаrli tа’sir ko‘rsаtmаydi. Bundаy tоvаrlаrgа bo‘lgаn tаlаb nоelаstik tаlаb dеb аtаlаdi. Elastiklik koeffitsienti qiymatiga qarab talabni elastik, noelastik va birlik elastiklikka ega bo‘lgan talablarga ajratish mumkin. Agar talabning narx bo‘yicha elastiklik koeffitsienti 1 D E bo‘lsa, talab elastik deyiladi. Agar talabning narx bo‘yicha elastiklik koeffitsienti 1 D E bo‘lsa, talab noelastik deyiladi. Agar talabning narx bo‘yicha elastiklik koeffitsienti 1 D E bo‘lsa, talab birlik elastiklikka ega deyiladi. Misol tariqasida chiziqli talab funksiyasini qaraylik: P b a Q . Bu chiziqli funksiya uchun b P Q bo‘lib, u o‘zgarmasdir. Lekin bu chiziq o‘zgarmas elastiklik koeffisientiga ega emas. 5.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, agar biz chiziq bo‘yicha pastga qarab yursak Q P miqdor kamayib boradi, natijada elastiklik miqdori ham kamayadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling