O‘zbеkiston rеspublikаsi
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
- Bu sahifa navigatsiya:
- i - πkut. r = ----------- 1+ πkut. Kutilmagan inflatsiya
i = r + πkut
296 bu yerda i-nominal foiz stavkasi; r- real foiz stavkasi; πkut - kutilayotgan infnflyasiya darajasi 39 . Inflatsiya sur’ati 10 foizdan oshganda Fisher tenglamasi quyidagi ko‘rinishni oladi: i - πkut. r = ----------- 1+ πkut. Kutilmagan inflatsiya daromadlarni debitorlar va kreditorlar o‘rtasida kreditorlar foydasiga qayta taqsimlaydi. Shuningdek kutilmagan inflatsiya daromadlarni qayd qilingan daromad oluvchilar va qayd qilinmagan daromad oluvchilar o‘rtasida keyingilari foydasiga qayta taqsimlaydi. Talab va taklif inflatsiyasini qat’iy chegaralash qiyin. Ba’zida bu ikki turdagi inflatsiya bir- biri bilan qo‘shilib ketadi. Masalan, talab inflatsiyasi sharoitida yollanma ishchilar kutilayotgan inflatsiya darajasini e’tiborga olib ish haqlari oshirilishini mehnat shartnomalariga kiritadilar. Bu esa mahsulot tannarxini oshirib taklif inflatsiyasini keltirib chiqaradi. Tovarlar taklifning kamayishini kuzatayotgan iqtisodiy agentlar pul mablag‘larini tovarlarga aylantirishga shoshadilar. Bu holat talab inflatsiyasi ko‘rinishini keltirib chiqaradi. Bunday ketma-ketlik oxir-oqibat giperinflatsiyani keltirib chiqarishi mumkin. Giperinflatsiya boshqarib bo‘lmaydigan inflatsiya jarayoni bo‘lib, ishlab chiqarish va bandlik darajalariga halokatli ta’sir ko‘rsatadi. Yillik sur’ati bir necha o‘n yoki yuz foizni tashkil etgan inflatsiya pul tizimining boshlanayotgan yoki kuchayayotgan inqirozi belgisidir. Giperinflatsiya uning halokatini, butun bozor mexanizmi falajlanishini anglatadi. Giperinflatsiyaning rasmiy mezoni amerikalik iqtisodchi Fillipp Kegan tomonidan kiritilgan. F. Kegan giperinflatsiyaning boshlanishi deb baholarning birinchi bor 50% dan oshgan oyni, tugallanishi deb esa baholarning o‘sishi bu sur’atdan pasaygan va shundan so‘ng kamida bir yil davomida undan oshmagan oydan oldingisini hisoblash kerak deb taklif qilgan. Giperinflatsiya sharoitida pul o‘zining qiymat o‘lchovi va almashinuv vositasi singari funksiyalarini bajarolmay qoladi. Normal iqtisodiy munosabatlar buziladi. Mablag‘lar ishlab chiqarishga emas, balki tovar-moddiy boyliklari jamg‘arishga yo‘naltiriladi. Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling